Мусиқа
Язык издания: русский
Периодичность: ежедневно
Вид издания: сборник
Версия издания: электронное сетевое
Публикация: Мусиқа
Автор: Косимов Хасан
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida do‘stona munosabatlar va ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik ahamiyati”.Mo‘minjonova Xolisxon AhmadjonovnaAndijon shahar Xalq ta’limiga boshqarmasiga qarashli 37-umumta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi davr xarakterining xislatlarini tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga egadir.Kalit so‘zlar: tarbiyachi, tarbiyalanuvchi (o‘qituvchi, o‘quvchi), tarbiya, maktab, xarakter, xislat, imkoniyat. Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarish va rivojlanish yoshga, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor amalga oshirilmoqda.O‘sib kelayotgan yosh avlodning yuksak saviyali, aqlan yetuk, ruhiy va jismonan baquvvat, har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, ahloqiy poklik, mukammallikni o‘zida mujammaslashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etmoqda.Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, nazariy va amaliy asoslarga ega bo‘lgan ish usullari orasida maktabda do‘stona munosabatni ta’minlash alohida o‘rin tutadi. Bu yo‘nalishda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida qo‘llanib kelayotgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 sentyabr kunidagi 637-sonli qaroriga ko‘ra bolaga do‘stona munosabatdagi maktab tushunchasinirng mazmun-mohiyati maktab tomonidan bola huquqlarini himoya qilinishini kafolatlash va bola shaxsning sog‘lom bo‘lishi, uning har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamol topishiga erishish hamda bolaning aqliy, ma’naviy, ahloqiy, jismoniy o‘sishi bilan bog‘liq.Barcha imkoniyatlarini to‘liq rivojlantirib borish uchun eng qulay sharoitlar yaratishdan iborat.Kichik maktab yosh davrida 6-10-12 yoshli boshlang‘ich (1-4) sinflarning o‘quvchilari kiradi. Bunda u maktabda o‘quvchilargi qo‘yiladigan har-xil talablar bilan tanishadi.Fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi.Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamaosi va oila muhitidagi ahvolini o‘zgartiradi.Uning asosiy vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab tamoyillari maktabni boshqarish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha sohaga joriy qilinadi va uning natijasida o‘quv mashg‘ulotlarida barcha o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini hamda o‘zaro munosabatlarida amalga oshiriladi.O‘qituvchi pedagoglar bolaga do‘stona munosabatdagi maktab tamoyillari va tashkiliy-pedagogik hamda psixologik masalalari bo‘yicha nazariy, uslubiy bilimlar va amaliy ish tajribalariga ega bo‘lishlari muhimdir.Maktab rahbarlari va o‘qituvchilarning bolaga do‘stona munosabatdagi maktab haqidagi bilim, ko‘nikma, malakalarini oshirish maktablardagi ta’lim va tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish borishda ijobiy natijalar bermoqda.Bolaga do‘stona munosabatlar maktabning qoida va tamoyillari ko‘p yo‘nalishlarga ega bo‘lib, bulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadlariga erishishda o‘quvchilar bilan hamkorlik, hamfikrlik, hamijodkorlik muhitini yaratish;o‘quvchilar bilan hamkorlikda qat’iy nazoratni yo‘lga qo‘yish;o‘quvchilarga nisbatan samimiylik, hurmat munosabatlarini o‘rnatish;o‘zaro muloqot madaniyatini oshirib borish shakllarini joriy qilish;maktabda intizom qoidalariga rioya qilish mexanizmini tatbiq qilish;o‘quvchilarga zarur erkinliklar berish va o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan nazorat o‘rnatish shakllarini joriy qilish;o‘quvchilarga nisbatan talabchanlik, adolatlilik va ishonch munosabatlarini o‘rnatish;o‘quvchilarning qiziqishlariga, tashabbuslariga xayrihoxlif va tegishli sharoitlar yaratish.Yuqorida aytilganlarni amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:barcha o‘quvchilar, ayniqsa, turlicha ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga va turli darajadagi qobiliyatlarga ega bo‘lgan bolalarning o‘quv jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini to‘liq ta’minlash;bolaning hayotiy ehtiyojlariga mos va samarali bilim va ko‘nikmalar berish;bolaga psixologik, emotsional va jismoniy qulayliklarni ta’minlash;bola uchun sog‘lom, xavfsiz va muhofazalovchi psixologik muhit yaratish;bolalarningteng rivojlanishini va jinslar orasidagi farqni hisobga olgan holda zarur imkoniyatlar yaratish;maktabni boshqarishda bolalarni qo‘llab-quvvatlashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni olib borish;maktab faoliyatida o‘quvchtlar, ota-onalar va jamaotchilikning faol ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratish.Ushbu shartlarni amalda tatbiq etish bo‘yicha tegishli mezonlar batafsil ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilanadi:do‘stona, rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi muhtni ta’minlash;qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlik va faol ta’limni amalga oshirish;jismoniy jazolash va zo‘ravonlikni ta’qiqlash;mazax qilish, ta’magirlik va kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik;ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi muhit yaratish;ota-onalarni maktabga jalb qilish, maktabning oilalar bilan aloqasini ta’minlash;teng imkoniyatlarni hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;Pedagogik texnologiyaning so‘zlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda ular uchun zarur vositalar 1Bu sxemadagi tushuncha va bog‘liklar, asosan bir butun holda amal qilib, ta’lim-tarbiya jarayonining va uning hozirgi takomillashgan shakli bo‘lgan pedagogik texnologiyalarning asosiy o‘zagini tashkil qiladi. Ushbu sxemadan pedagogik texnologiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan o‘quvchi, o‘qituvchi, ta’lim menejeri, metodist-texnologning faoliyatlarini tashkil qiluvchi asosiy elementlar ham aniqlanadi.3. Bunda o‘quvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardir. 24. O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar:Xulosa: qilib aytish mumkinki, bolaga do‘stoni munosabatdagi maktab usullari va vositalari, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda jiddiy amahiyatga ega.Pedagogik-psixologik jihatdan bolalikda har qanday muammoni yechish yoki bu darvda tarbiyada biror-bir maqsadga erishish uchun bolaga do‘st bo‘lish kerak bo‘ladi. Do‘st bbu shunday odamki, shaxs u bilan barcha dardu-hasratlarini muhokama qiladi, muammolarini u bilan o‘rtoqlashadi.Do‘stlikning ham ko‘zlagan maqsadlari bo‘ladi: u amaliy, ish faoliyat bilan bog‘liq, sof ematsional (ya’ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), ratsional (intelektual muammolarini hal qilishga asoslangan), ahloqiy (o‘zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo‘lishi mumkin.Do‘stlikning birinchi sharti – o‘zaro bir-birini tushunish. Demak, bizning holatimizda kichik maktab yoshidagi bolalarda vatanparvalik fenomenlarini shakllantirishda o‘qituvchilar, tarbiyachilarni tarbiyalanuvchiga yanada yaqinlashishlari, unga do‘stona munosabatda bo‘lishlari, o‘z fikrini tarbiyalanuvchiga do‘stona singdira olishlari muhim ahamiyat kasb etadi.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:“Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyalarimizning poydevoridir” Shavkat Mirzieyov Toshkent 2022.“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” Toshkent 2021O‘zbekiston yoshlari – Uchinchi renesseansning asosiy drayveri. Toshkent 2021.Boshlang‘ich va maktab: muammo va yechimlari. (Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari) Andijon 2018.Boshlang‘ich ta’lim ensiklopediyasi. Toshkent 2010.